“Real” uchun so‘nggi imkoniyat: Mbappe 215 milliondan kamiga sotilmaydi

Sport

image

“Real” tez orada PSJning 22 yoshli hujumchisi Kilian Mbappeni sotib olishga urinib ko‘radi. Bu haqda italiyalik jurnalist Nikolo Skira Twitter’da xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Qirollik klubi” allaqachon Mbappe uchun yangi taklif tayyorlamoqda, PSJ esa uni 215 million yevrodan kamiga sotmoqchi emas. O‘z navbatida “Real Madrid” futbolchining o‘zi bilan shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Agar u “Qirollik klubi”ga o‘tsa yiliga 35 million yevro maosh oladi.

Avvalroq, “Real” rahbariyati agar transfer 29 avgustgacha yopilmasa, muzokaralardan voz kechishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Kecha, 29 avgust kuni Kilian Mbappe Fransiya chempionatining 4-turida “Reyms” bilan uy uchrashuvida dubl qayd etdi. Shu kuni Lionel Messi PSJ safida debyut uchrashuvini o‘tkazdi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Kilian Mbappe PSJ

Baholaganlar

75

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing