“Real” to‘rt yil deganda Ispaniya kubogi yarim finaliga yo‘l oldi

Sport

image
0:00
0:00
download

Ispaniya kubogining chorak final uchrashuvida “Real Madrid” o‘z maydonida “Atletiko”ni qabul qilib, 3:1 hisobidagi g‘alabaga erishdi.

Uchrashuvning asosiy vaqti 1:1 hisobida yakunlandi. Hisobni “Atletiko” hujumchisi Alvaro Morato ochdi. “Real” 79-daqiqada o‘yindagi muvozanatni tikladi. Gol Rodrigo tomonidan kiritildi.

99-daqiqada “Atletiko” uch daqiqa ichida ikkita sariq kartochka olgan Stefan Savichning chetlatilishidan keyin bir kishi kam holatda o‘yinni davom ettirdi. 104-daqiqada hujumchi Karim Benzema Vinisius Juniorning golli uzatmasi bilan “Real”ni hisobda oldinga olib chiqdi. Uchrashuvdagi nuqtani 120+1-daqiqada Vinisius Junior qo‘ydi.

Shu tariqa, “Real” so‘nggi 4 yil ichida ilk bora Ispaniya kubogi yarim finaliga chiqdi. Oxirgi marotaba “Qirollik klubi” 2013-2014 yilgi mavsumda Ispaniya kubogida zafar quchgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Ispaniya

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing