“Real” “Tottenxem” a’zosini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

Sport

image

Madridning “Real” klubi e’tiborini “Tottenxem” va Argentina terma jamoasi markaziy himoyachisi Kristian Romeroga qaratdi. Bu haqda ESPN xabar berdi.

26 yoshli futbolchi 2021 yilning avgust oyida 52 million yevro evaziga “Atalanta”dan “Tottenxem”ga o‘tdi va shundan so‘ng Angliya chempionatining eng yaxshi markaziy himoyachilaridan biri sifatida obro‘ qozondi. 

Ma’lum bo‘lishicha, “shporlar”ga Romeroni o‘z safida saqlab qolish qiyin bo‘lishi mumkin, chunki “Real Madrid” futbolchiga qiziqish bildirmoqda.

2021 yil avgust oyida “Tottenxem” safida debyut qilganidan beri Romero barcha musobaqalarda 98 ta o‘yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Tottenxem Argentina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing