“Real” Teylor Sviftning konserti uchun La Liga o‘yini vaqtini o‘zgartirishni so‘radi

Sport

image

Madridning “Real” klubi amerikalik mashhur xonanda Teylor Sviftning konserti uchun La Liganing so‘nggi turidagi o‘yinni boshqa muddatga qoldirishni so‘radi. Bu haqda “The Athletic” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Madrid klubi La Ligaga “Santyago Bernabeu”ni Sviftning 30 may kuni bo‘lib o‘tadigan konsertiga tayyorlashga ko‘proq vaqt ajratish maqsadida shunday so‘rov yuborgan.

Hozirda chempionatning so‘nggi turidan o‘rin olgan “Real” va “Betis” o‘yini 24 may kuniga belgilangan. “Qaymoqranglilar”ning bu so‘rovi qabul qilinadimi yoki yo‘q bu hozircha noma’lum, chunki bu vaqtga kelib o‘yin ikkala jamoa uchun ham jiddiy ahamiyat kasb etishi mumkin.

Chempionlik uchun kurash so‘nggi turgacha davom etishi ehtimoli bor – “Real” hozirda “Jirona”dan 6 ochko oldinda bormoqda. Ayni vaqtda 7-o‘rinda borayotgan “Betis” yevrokubok yo‘llanmasi uchun kurash olib borishi mumkin. Shu sababli, “Real” so‘nggi tur o‘yinini “Jirona” bilan bir vaqtda, “Betis” esa Yevropadagi raqiblari bilan bir xil vaqtda o‘ynashi kerak bo‘ladi.

Hozirda Sviftning konserti uchun aniq bir sanani belgilash bo‘yicha ishlar amalga oshirilmoqda.

Ma’lumot uchun, Yevropadagi gastrol doirasida Teylor bir qancha yirik stadionlar, jumladan, “Enfild” va “Uembli”da konsert beradi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Teylor Svift

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing