“Real” tarixidagi eng yaxshi futbolchi e’lon qilindi

Sport

image

Portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronaldu Madridning “Real” klubi tarixidagi eng yaxshi futbolchi deb topildi. Bu haqda “FourFourTwo” nashri xabar berdi.

Britaniya nashri “qirollik klubi” tarixidagi eng yaxshi 50 nafar futbolchi ro‘yxatini tuzib chiqdi. Reytingda 2009 yildan 2018 yilgacha “Real”da o‘ynagan Krishtianu birinchi o‘rinda qayd etilgan bo‘lsa, “qaymoqranglilar”ning argentinalik afsonasi Alfredo Di Stefano 2-o‘rinni egalladi. Kuchli beshlikdan Zinedin Zidan, Serxio Ramos va Iker Kasilyas o‘rin olgan.

Reyting:

1. Krishtianu Ronaldu;
2. Alfredo Di Stefano;
3. Zinedin Zidan;
4. Serxio Ramos;
5. Iker Kasilyas;
6. Fransisko Xento;
7. Raul;
8. Santyago Bernabeu;
9. Ferens Pushkash;
10. Luish Figu;
11. Luka Modrich;
12. Raymon Kopa;
13. Karim Benzema;
14. Ugo Sanches;
15. Pirri;
16. Rikardo Samora;
17. Roberto Karlos;
18. Emilio Butrageno;
19. Ivan Samorano;
20. Visente Del Boske.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “FourFourTwo” tomonidan Ispaniya va “Barselona”ning eng yaxshi futbolchilari, Krishtianu Ronalduning eng chiroyli gollari reytingi e’lon qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Krishtianu Ronaldu

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made