“Real” sobiq darvozaboni Messiga “tosh otdi” 

Sport

image

“Real”ning sobiq darvozaboni Yeji Dudek Lionel Messining “El-Klasiko”dagi xatti-harakatlari haqida gapirdi.

“U yolg‘onchi va provokatsion futbolchi edi, xuddi butun “Barselona” kabi, Xosep Gvardiola bilan birga. Men Messining Pepe va Ramosga qo‘pol so‘zlar aytganini eshitganimda, uning bunday inson ekaniga ishonish qiyin bo‘lgan edi”, deydi Dudek “Daily Mail”ga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, Messi 2005-2021 yillar davomida “Barselona”ning asosiy futbolchisi sifatida faoliyat yuritgan. Uning Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2021 yilning iyun oyida yakuniga yetdi. Shundan so‘ng, 2021 yilning avgustida Messi PSJ bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.

Ma’lumot uchun, Messi “El-Klasiko”lar tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. U “Real Madrid” darvozasini 26 marta ishg‘ol etgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Real Messi Barsa Dudek

Baholaganlar

173

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing