“Real” “Siti”ning ikkita asosiy futbolchisini sotib olishni ko‘zlamoqda

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi “Manchester Siti” jamoasidan Joau Kanselu va Erling Xolandni sotib olmoqchi. Bu haqda “As” nashri xabar bermoqda.

“Los blankos” Joau Kanselu 2023 yilning yozida sotib olmoqchi. Agar Madrid klubi Kanseluni sotib olsa, u Dani Karvaxalning o‘rnini egallashi mumkin.

“Real Madrid” rasmiylari Erling Xolandni 2024 yilning yozida xarid qilishga urinib ko‘radi. Sababi Xoland aynan 2024 yilda tovon puli evaziga “Siti”nit ark etishi mumkin. Ya’ni, Xoland rosmanasiga Manchester klubini tark etishni istasa, “shaharliklar” Erlingning xohishiga qarshi chiqa olmaydi. 

Xoland qancha mablag‘ evaziga “Siti”ni tark etishi mumkin degan savol paydo bo‘lishi mumkin. Bunga javoban, “Marca” 22 yoshli futbolchining tovon puli 200 million yevroni tashkil qilishini yozgan bo‘lsa, “As” ushbu miqdorning 150 million yevroga teng ekanligini qayd etgan.

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda Kanselu “Siti” safida 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma amalga oshirdi. Uning “shaharliklar” bilan amaldagi shartnomasi 2027 yilning yozigacha amal qiladi.

Erling Xoland esa ushbu mavsumda haqiqiy “yirtqichga” aylandi. U “Siti” uchun 10 ta uchrashuvda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma amalga oshirgan. “Transfermarkt” portali Xolandni 150 million yevroga baholamoqda. U bu borada faqatgina Mbappedan ortda qolmoqda, xolos.


Maqola muallifi

Teglar

“Manchester Siti” Joau Kanselu

Baholaganlar

29

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing