“Real” “City” futbolchisiga qiziqish bildirmoqda

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi Angliyaning “Mnachester Siti” klubi hujumchisi Gabriel Jesusga qiziqish bildirmoqda. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “qirollik” klubi ustozi Karlo Anchelottiga braziliyalik hujumchining o‘yin uslubi yoqadi va Jesusni jon deb “Real”ga taklif qilishi mumkin.

Qayd etish joizki, 25 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumdagi asosiy vaqtini “Siti”ning zaxira o‘rindig‘ida o‘tkazdi. Albatta, Jesus bundan xursand emas. Qolaversa, “shaharliklar” norvegiyalik hujumchi Erling Xolandni ham tarkibga qo‘shib oldi. Bu esa Jesusning asosiy tarkibga kirishini yanada qiyinlashtiradi. Shuning uchun, braziliyalik hujumchi “Manchester Siti”dan ketishga qaror qilishi mumkin.

Avvalroq, Jesusga “Arsenal”dan jiddiy qiziqish bo‘layotgani haqida xabar bergan edik.

Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsumda Gabriel Jesus Angliya Premer ligasining 26 o‘yinida 8 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali braziliyalik iqtidor egasini 50 million yevroga baholamoqda.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

33

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing