“Arsenal” Jesusni xarid qilmoqchi. “Siti” uni qanchaga sotishi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Angliyaning “Manchester Siti” klubi hujumchi Gabriyel Jesusning narxini ma’lum qildi. “Shaharliklar” braziliyalik futbolchi sotuvidan 50-60 million yevro atrofida pul ishlab olmoqchi. Bu haqda jurnalist, insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.

25 yoshli hujumchining “Siti” bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Jamoa norvegiyalik super forvard Erling Xoland bilan bitim tuzgach, Jesus zaxira o‘rindig‘iga mixlanishi mumkin. Shuning uchun, Gabriyelning o‘zi ham “Siti” tark etish fikriga qarshi emas.

Qolaversa, Jesusning agentiga londonliklarning loyihasi yoqqan. “Arsenal” hujumchi uchun ilk taklifini berishga tayyorlanmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda Gabriyel Jesus Angliya Premer ligasining 26 o‘yinida 8 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali braziliyalik iqtidor egasini 50 million yevroga baholamoqda.

 

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

11

Reyting

3.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing