“Real” shu yozdayoq Mbappeni o‘z safiga qo‘shib olishi mumkin

Sport

image

Madridning “Real” klubi yozda PSJ hujumchisi Kilian Mbappe transferi uchun kurashishga tayyor. Bu haqda “Footmercato” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Real Madrid” hozirda faol ravishda markaziy hujumchi izlamoqda va Mbappe PSJ bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmayotgani haqidagi xabardan so‘ng klub yana fransiyalik futbolchi uchun kurashga qo‘shilishi mumkin.

“Real Madrid” prezidenti Florentino Peres Mbappega doimiy qiziqish bildirib kelgan va uni sotib olish bo‘yicha shartnoma dastlab 2024 yilga mo‘ljallangan edi. Biroq yangi ma’lumotlarga ko‘ra, Madrid klubi yozgi transfer oynasidayoq Mbappe transferini amalga oshirishga harakat qilishi mumkin.

Shuningdek, Peres Mbappe bilan bir necha haftadan beri aloqada bo‘lgani xabar qilinmoqda. “Real Madrid” fransiyalik hujumchi atrofida jamoa qurishni rejalashtirmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Real Kilian Mbappe PSJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made