“Real” “Sevilya”ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Sport
−
09:36 600 1 daqiqa
Kecha, 18 oktyabr kuni Ispaniya chempionatining to‘qqizinchi tur uchrashuvlari yakunlandi. Unda Madridning “Real” jamoasi o‘z maydonida “Sevilya”ni 4:1 hisobida mag‘lub etdi.
Madridliklar safida Arda Gyuler (30-daqiqa), Kilian Mbappe (37, 63) va Yann Diomande (82) gol urdi. Mbappe penaltidan ikki marta aniq zarba yo‘lladi. “Sevilya”ning yagona goliga Manuel Bueno (80) mualliflik qildi.
Ushbu uchrashuv Vinisius Junior diskvalifikatsiyaga uchragandan keyingi “Real Madrid” uchun o‘tkazilgan ilk o‘yin bo‘ldi. Braziliyalik hujumchi avvalgi turda “Vilyarreal”ga qarshi bahsda raqib futbolchisining sochidan tortgani uchun jazolangan edi.
G‘alabadan so‘ng “Real Madrid” 21 ochko bilan Ispaniya chempionati jadvalida 3-o‘rinni egallab turibdi. “Sevilya” esa 14 ochko bilan 6-pog‘onada bormoqda.
Endilikda “Real Madrid” joriy yilning 25 oktyabr kuni safarda chempionat peshqadami “Barselona”ga qarshi maydonga tushadi. “Sevilya” esa 26 oktyabr kuni “Osasuna”ni qabul qiladi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” Ispaniya chempionati boshlanganidan keyingi dastlabki to‘qqizta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozonib, musobaqa tarixidagi eng uzoq g‘alabali start bo‘yicha “Real Madrid” rekordini takrorlagani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi