“Real” safarda “Benfika”ni mag‘lubiyatga uchratdi
Sport
−
09:59 813 1 daqiqa
Kecha, 17 fevral kuni UEFA Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasida bir qator uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Ulardan birida “Real Madrid” Portugaliyada “Benfika” mehmoni bo‘lib, kichik 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvning dastlabki bo‘limida jamoalar o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi. Ikkinchi bo‘limning 50-daqiqasida Vinisius Junior kiritgan gol madridliklarni hisobda oldinga olib chiqdi. Shundan so‘ng o‘yin yakuniga qadar hisob o‘zgarmadi va javob uchrashuvi oldidan “Real Madrid” kichik ustunlikka ega bo‘ldi.
Madriddagi javob bahsi joriy yilning 25 fevral kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
Shuningdek, 17 fevral kungi boshqa uchrashuvlarda Turkiyaning “Galatasaroy” jamoasi Italiyaning “Yuventus” klubini 5:2 hisobida mag‘lub etdi. “Monako” – PSJ uchrashuvida 3:2 hisobida parijliklarning qo‘li baland keldi.
“Borussiya Dortmund” esa o‘z maydonida “Atalanta”ni 2:0 hisobida taslim etdi.
Live
Barchasi