“Real” Ronalduning transferi borasida bir qarorga keldi

Sport

image

Madridning “Real” klubi portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronalduning qaytishi borasidagi rejalarini ma’lum qildi. “Qirollik klubi” rahbariyati 37 yoshli to‘purarni o‘z safiga qo‘shib olish niyatida emas. Bu haqda jurnalist Xose Feliks Dias ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.

Ronaldu hozirgi jamoasi “Manchester Yunayted”ni tark etish arafasida turibdi. Avvalroq portugaliyalik sportchi shov-shuvli intervyu berib, klub rahbariyati va jamoa murabbiyi Erik ten Xagni tanqid qilgandi. Bu so‘zlar rahbariyatni g‘azablantirdi va Ronaldu bilan shartnomani bekor qilish jarayoni boshlandi. 

Krishtianu bu mavsumda ko‘plab omadsizliklarga duch keldi. U “qizil iblislar” safida 16 o‘yinda maydonga tushib, atigi 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Mushtariy G‘aniyeva


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

1095

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing