“Real” prezidentlikka nomzod jamoaga Holand va Kloppni olib kelmoqchi
Sport
−
22 may 1649 1 daqiqa
“Real” prezidentlik saylovida Madrid klubining amaldagi rahbari Florentino Peresning asosiy raqibi Enrike Rikelme saylovda g‘alaba qozonsa, klubga Holand va Kloppni olib kelishga va’da bermoqda. Bu haqda “El Confidencial” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 37 yoshli ispaniyalik biznesmen “Real Madrid” prezidentlik saylovi dasturida ikkita mashhur rejani tayyorlagan. Bular Yurgen Kloppni bosh murabbiy etib tayinlash va Erling Holandni jamoaning yangi yulduziga aylantirish.
Manbaga ko‘ra, Rikelme jamoasi norvegiyalik “Manchester Siti” hujumchisi bilan Madridga ko‘chib o‘tish ehtimolini baholash uchun aloqaga chiqqan. Holandning ingliz klubi bilan shartnomasi 2034 yilgacha amal qiladi.
Rikelme, shuningdek, Kloppning “Los Blankos”ni boshqarishini istamoqda. Joze Mourino esa, uning loyihasida variant sifatida ko‘rib chiqilmayapti.
Xabarlarga ko‘ra, tadbirkor allaqachon Red Bull’ning hozirgi global futbol direktori bo‘lib ishlayotgan Klopp agentlari bilan bir nechta uchrashuv o‘tkazgan va nemis murabbiyini jamoani boshqarishga ko‘ndirishga harakat qilgan.
Live
Barchasi