“Real” posboni faoliyatini APLda davom ettirishi mumkin

Sport

image

Madridning “Real” klubi darvozaboni Andrey Lunin “qaymoqranglilar” bilan hali shartnoma imzolamagan va jamoani tark etishga yaqin turibdi. Bu haqda “Marca” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Lunin “Chelsi” bilan shartnoma imzolashga yaqin turibdi, biroq uning transfer summasi va shartnoma tafsilotlari hozircha oshkor etilmagan. 

Taniqli futbol jurnalisti Fabritsio Romano esa bu ma’lumotni rad etmoqda.

“Chelsi”ga tegishli bo‘lgan, “Real”da ijara asosida to‘p tepayotgan Kepa esa doimiy ravishda “Real Madrid” a’zosiga aylanishni xohlaydi. Kepaga “Al-Ittihod”dan rasmiy taklif tushgan, ammo “Chelsi” “Real”ning darvozabonlar borasidagi qarorini kutmoqda.

O‘tgan mavsumda Lunin “Real” safida 31 ta o‘yinda maydonga tushdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga yetadi.


Maqola muallifi

Teglar

Chelsi Real Lunin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made