“Real” posboni “El klasiko”dan keyin tarmoqlarda muxlislar tanqididan qutulish yo‘lini topdi

Sport

image

“Real” darvozaboni Andrey Lunin “Barselona”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (0:4) ijtimoiy tarmoqlarda o‘z suratlariga izoh qoldirish imkoniyatini yopishga qaror qildi.

Lunin ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab salbiy sharhlar oldi va  jamoasining muvaffaqiyatsizligida ayblandi. Muxlislar o‘tkazib yuborilgan gollarda Lunin ishonchli o‘yin ko‘rsatmaganidan norozilik bildirdi.

Oqibatda Lunin ijtimoiy tarmoqlardan biridagi profilidagi izohlarni yopishga qaror qildi.

Ma’lumot uchun, joriy mavsum ukrainalik 25 yoshli posbon “qirollik klubi” safida 3 ta bahsda maydonga tushib, 5 ta gol o‘tkazib yubordi va 1 ta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Barselona” bilan o‘yindan keyin Peres Lunin o‘rniga “Real”ga yangi darvozabon olib kelmoqchiligi xabar qilingandi.

Tibo Kurtuaning tez-tez jarohat olishini inobatga olib, “Lill” posboni Shevale yaqin kelajakda “qaymoqranglilar”ning asosiy tarkibidan joy olishga nomzod bo‘lmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Real Tibo Kurtua Andrey Lunin Sheval'e

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing