“Real” Pogbaning o‘rniga boshqa futbolchi sotib oladi

Sport

image

Gollandiya terma jamoasi va “Ayaks” klubi yarim himochisi Donni van de Beyek Madridning “Real” klubi safiga borib qo‘shilishi mumkin.

Madridliklar rahbariyati yarim himoyani kuchaytirish maqsadida “Manchesmter Yunayted”dan Pol Pogbani olib kelmoqchi edi. Ammo, angliyaliklar futbolchini sotishni istamayapti. Agarda taklif 180 mln yevrodan oshadigan bo‘lsa, o‘ylab ko‘rishini ma’lum qilgan.

“Qirollik klubi” rahbariyati Pogba uchun 120 mlndan ortiq bera olmaydi. Shu boisdan uning o‘rniga nisbatan arzonroq futbolchi xarid qilishga urinmoqda. 

Van de Beyekning transfer narxi 70 mln yevroga baholanmoqda. Qolaversa futbolchi hujumda ham, himoyalanishda ham bir xilda faollik bilan harakatlana oladi.

Eslatib o‘tamiz, van de Beyek o‘tgan mavsumda Gollandiya chempionligi va kubogini qo‘lga kiritgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Ayaks Donni van de Beek

Baholaganlar

34

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing