“Real” og‘irligi 40 kg bo‘lgan kubokni yutdi
Sport
−
17:59 697 2 daqiqa
Kecha, 12 avgust kuni “Real Madrid” jamoasi “Deportivo La-Korunya”ni 1:0 hisobida mag‘lub etib, og‘irligi 40 kilogramm bo‘lgan Tereca Errera kubogini qo‘lga kiritdi.
Uchrashuv Ispaniyaning La-Korunya shahridagi “Riasor” stadionida bo‘lib o‘tdi. Marokashlik yarim himoyachi Braim Dias yagona golni bo‘limning qo‘shib berilgan vaqtida – 45+1-daqiqada urdi.
“Deportivo” turnir tarixidagi eng ko‘p sovrinni qo‘lga kiritgan klub hisoblanadi – jamoa 26 marta g‘olib chiqqan. “Real Madrid” esa 10 ta sovrin bilan ikkinchi o‘rinda.
“Real” bosh murabbiyi Joze Mourino uchun bu sovrin klubga qaytganidan keyingi ilk titul bo‘ldi. Mourino 11 iyun kuni jamoani boshqarishga kirishdi va shu yilning yanvar oyida jamoa bosh murabbiyi bo‘lgan Alvaro Arbeloa o‘rnini egalladi.
Mourino bunga qadar ham “Real Madrid”ni 2010-2013 yillarda boshqargan. Uning rahbarligida klub 2011-2012 yilgi Ispaniya chempionati, 2010-2011 yilgi Ispaniya kubogi va 2011-2012 yilgi Ispaniya Superkubogida g‘olib chiqqan.
O‘tgan mavsumda Ispaniya chempionati yakuniga ko‘ra, “Real Madrid” 86 ochko to‘plab, 94 ochko jamg‘argan “Barselona”dan keyin ikkinchi o‘rinni egallagan. “Deportivo” esa Segunda divizionida 77 ochko to‘plab, 2026-2027 yilgi mavsumda La Ligada ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritgan.
Live
Barchasi