“Real”ning jarohatlangan futbolchilari 10 nafarga yetdi

Sport

image

2024/25 yilgi mavsum startiga ko‘p bo‘lmasdanoq “Real Madrid” futbol klubining bir qator futbolchilari jarohat olib, safdan chiqdi. Bu haqda “MadridXtra” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, hozirda “qirollik klubi”ning o‘n nafar futbolchisi shifoxonada. Jarohatlanganlar orasida Eder Militao, Jud Bellingem, Eduardo Kamavinga, Orelen Chuameni, Ferlan Mendi, Dani Sebalos, Joan Martines, David Alaba, Jakobo Ramon va Braim Dias kabi futbolchilar mavjud.

Qayd etish joiz, Braim Dias “Real Sosedad”ga qarshi o‘yinda taxminan 20 daqiqa o‘tgach, o‘ng sonining orqa qismida noqulaylik sezdi. Jarohat sabab Dias uchrashuvning 23-daqiqasidayoq almashtirildi.

Ma’lumot uchun, UEFA Chempionlar ligasining 1-turida “Real” 17 sentyabr kuni o‘z maydonida “Shtutgart”ga qarshi bahs olib boradi. O‘yin Toshkent vaqti bilan 23:55 da boshlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Real jarohat Braim Dias

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing