“Real”ning yangi stadionida regbi ham o‘ynaladi — Peres “soqqa qilmoqchi”

Sport

image

Xabaringiz bor, Madridning “Real” klubi ayni damda asosiy stadioni “Santyago Bernabeu”da qayta ta’mirlash ishlarini olib bormoqda. Shu sababli klub bu mavsumda o‘zining zaxira maydoni hisoblanadigan “Alfredo di Stefano”da o‘z o‘yinlarini o‘tkazdi.

Ispaniyaning mashhur AS nashri xabariga ko‘ra, ta’mirlash ishlari 2022 yil oxirida yakunlanadigan ushbu stadionda “Real” rahbariyati Amerika regbisi o‘yinlarini ham o‘tkazishni reja qilgan. Klub matbuot xizmatining ta’kidlashicha, ushbu daromadli sport turi ortidan yiliga 13 milliard dollargacha foyda olish mumkin. Shu sababli, Peres amerikaliklar bergan taklifni o‘ylab o‘tirmasdan qabul qilgan va maydon bitishi bilan shartnoma kuchga kirishi aytilgan.

Biroq bunga futbolchilar hamda murabbiylar shtabidagilar qarshi chiqqan. Sababi, regbi maydon holatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatadi. Oddiy misol sifatida 2 yil oldingi “Uembli” stadionini eslash kifoya: o‘shanda stadion bir qancha regbi o‘yinlarini o‘zida qabul qilgan va 4 oyga bormay, maydon chimi deyarli yaroqsiz holga kelgan edi.

Shuncha qarshiliklarga qaramay, Peres qarorini o‘zgartirmoqchi emas. Superliga g‘oyasi o‘xshamagan taqdirda, u pul ishlashning boshqa ko‘plab variantlarini topib qo‘ygan. Yangicha qurilayotgan stadion usti yopiq shaklda, xuddi xokkey arenalari singari ko‘rinish oladi. Shu sabab, Florentino Peres u yerda turli xil tadbirlar, marosimlar hamda bayramlar o‘tkazilishi mumkinligini ta’kidlagan.

Abdulla Mannonov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

45

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing