“Real”ning ukrainalik darvozaboni jamoada qolmoqchi emas

Sport

image

Madridning “Real” klubi zaxira posboni Andrey Lunin kelasi transfer mavsumida boshqa jamoaga o‘tishi mumkin. Bu haqda “Euro Football” nashri xabar bermoqda. 

Ma’lum qilinisha, ukrainalik “kiper” klubdagi jamoadoshi Tibo Kurtua sabab ortiq zaxirada qolmoqchi emas. U ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega chiqish uchun boshqa jamoaga o‘tishini madridliklar rahbariyatiga aytgan.

Manbaga ko‘ra, 22 yoshli darvozabonga bir vaqtning o‘zida Yevropaning uchta klubi qiziqish bildirmoqda. Andreyni Ispaniyaning “Espanol” va “Granada” klublari, shuningdek, Fransiyaning “Lill” jamoasi ham o‘z safiga qo‘shib olmoqchi.

Avvalroq, Lunin Dortmundning “Borussiya” klubiga o‘tishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi.

Ma’lumot uchun, “Transfermarkt” portali ukrainalik darvozabonning narxini 3 million yevroga baholagan. Andreyning “qaymoqranglilar” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning o‘rtalariga qadar tuzilgan. U 2018 yilda Madrid klubi safiga o‘tgan bo‘lsa-da, haligacha birorta rasmiy o‘yinda maydonga tushmagan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Ukraina Real Madrid Andrey Lunin

Baholaganlar

23

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing