“Real”ning muhim futbolchisi “El klasiko”da o‘ynamaydi
Sport
−
23 Oktabr 2024 3720 1 daqiqa
Madridning “Real” klubi yarim himoyachisi Rodrigo jarohati sabab Ispaniya chempionati doirasida “Barselona” bilan o‘yinda maydonga tushmaydi. Bu haqda “Mundo Deportivo” xabar berdi.
Rodrigo Yevropa Chempionlar ligasining umumiy bosqichi doirasida Dortmundning “Borussiya”siga (5:2) qarshi o‘yinning ikkinchi bo‘limi oxirida almashtirildi.
Aniqlanishicha, braziliyalik futbolchining tizzasidan jarohati bor, u bugun, 23 oktyabr kuni birinchi tekshiruvdan o‘tadi, 24 oktyabr kuni esa jarohatning darajasini aniqlash uchun MRT tekshiruvida bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, 26 oktyabr kuni Ispaniya chempionatining 11-turi doirasida Madridning “Real” klubi o‘z maydonida “Barselona”ni qabul qiladi. “Ko‘k-anorranglilar” 10 ta o‘yindan so‘ng 27 ochko bilan Ispaniya chempionati turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda, Madridliklar esa 24 ochko bilan 2-o‘rinni band etgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025