“Real”ning menga qiziqish bildirgani baxt va sharaf – Kilian Mbappe 

Sport

image

Fransiyaning PSJ jamoasi bilan amaldagi shartnomasini uzaytirgan Kilian Mbappe “Real Madrid” va klub prezidenti Florintina Peresga minnatdorlik bildirdi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi.

Shuningdek, 23 yoshli futbolchi Madrid klubining o‘ziga nisbatan qiziqishini baxt va sharaf deb bilishini ta’kidlagan.

“Real Madrid” va uning prezidenti Florentino Peresga chin dildan minnatdorlik bildirmoqchiman. Menga bunday buyuk klub tomonidan qiziqish bildirilgani baxt va sharaf ekanligini tan olaman. Men “Real Madrid” rahbariyati va muxlislarining xafagarchiligni tushunaman. Yevropa Chempionlar ligasi finalida, Parijda, o‘z uyimda sizning birinchi muxlisingiz bo‘laman. Men tug‘ilganim, o‘sib ulg‘ayganim va o‘z vatanim Fransiyada faoliyatimni davom ettira olayotganimdan juda xursandman. Bu menga orzularimga erishishda davom etish imkoniyatini beradi”, degan fransiyalik hujumchi.

Eslatib o‘tamiz, Mbappe PSJ bilan shartnomasini 2025 yilgacha uzaytirdi. Oldinroq, fransiyalik hujumchi "Real"ga o‘tishga yaqin turgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Joriy mavsum parijliklar safida Mbappe barcha musobaqalarda 45 ta o‘yinda maydonga tushib, 39 ta gol va 26 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Kilian Mbappe

Baholaganlar

35

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing