“Real”ning asosiy himoyachisi jarohat oldi
Sport
−
01 aprel 2023 5943 1 daqiqa
Madridning “Real” klubining fransiyalik himoyachisi Ferlan Mendi jarohati sabab safdan chiqdi. Bu haqda “Marca” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchining qayta tiklanish davri taxminan bir oy davom etadi.
Bu fransiyalik futbolchining joriy mavsumdagi ikkinchi jiddiy jarohati hisoblanadi. Avvalroq olgan jarohati bois Mendi taxminan olti hafta maydonga tusholmagandi.
Joriy mavsumda 27 yoshli Mendi “Real” safida barcha turnirlarda 25 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning klub bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Live
Barchasi