“Real”ning 2 asosiy tarkib futbolchisi jarohat oldi

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi ikki asosiy futbolchisi Tibo Kurtua va Federiko Valverde jarohat oldi. Shu sabab, ikkala futbolchi ham xalqaro tanaffus vaqtida terma jamoasiga yordam bera olmaydi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.


33 yoshli Kurtua joriy yilning 9 noyabr kuni “Rayo Valekano”ga qarshi o‘yinda jarohat olgan. Natijada, u JCH saralash doirasidagi Qozog‘iston va Lixtenshteynga qarshi o‘yinlarda terma jamoaga yordam bera olmaydi. Klub darvozabonining qancha vaqt maydonga tushmasligi haqida aniq ma’lumot bermadi, ammo ispan matbuoti Kurtuaning 10–12 kunga safdan chiqishini taxmin qilmoqda.

Shuningdek, Madrid klubi yarim himoyachi Federiko Valverdening jarohati bo‘yicha rasmiy tibbiy xulosani e’lon qildi:

“Real Madrid” tibbiyot xizmati Valverde ustidan o‘tkazilgan tekshiruv natijasida, uning o‘ng sonidagi yarim membrana mushaklarida jarohat aniqladi. Uning tiklanishi jarayoni aniqlanmoqda”,  deyiladi klub bayonotida.

Valverde tiklanishi taxminan ikki haftani olishi mumkin. Shu sabab, u FIFA tanaffusi vaqtida Valdebebada dam oladi. Tanaffusdan so‘ng u darhol mashg‘ulotlarni boshlashi mumkin, biroq “Real Madrid” shifokorlari uning tiklanishiga ehtiyotkorlik bilan yondashishni maqsad qilgan.

Urugvaylik yarim himoyachi Valverde “Liverpul”ga qarshi o‘yinda ham biroz noqulaylik his qilgan edi, shunga qaramay futbolchi “Rayo Valekano”ga qarshi maydonga tushgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq jamoaning fransiyalik yarim himoyachisi Aurelien Tchouameni jarohat olgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Tibo Kurtua “Real Madrid” Federiko Val'verde

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing