“Real” muxlislari Peresning iste’fosini talab qildi
Sport
−
03 mart 1030 1 daqiqa
Ispaniyaning “Real Madrid” klubi muxlislari La Liganing 26-turida “Xetafe”ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘linganidan so‘ng klub prezidenti Florentino Peresning iste’fosini talab qildi. Bu haqda CadenaSER nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, uchrashuv yakunlangach, “Santyago Bernabeu” stadionidagi tribunalarida “Florentino iste’foga chiqsin!”, degan shiorlar yangragan.
Bu mag‘lubiyat “Real Madrid”ning La Ligadagi ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyati bo‘ldi. Shuningdek, yangi bosh murabbiy Alvaro Arbeloa uchun bu 12 uchrashuvdan keyingi to‘rtinchi mag‘lubiyat hisoblanadi. Jamoa navbatdagi turda “Selta”ga qarshi maydonga tushadi. Shundan so‘ng madridliklarni Chempionlar ligasida “Manchester Citi”ga qarshi bahs kutmoqda.
Mazkur o‘yindan so‘ng “Real Madrid” Ispaniya chempionati turnir jadvalida 60 ochko bilan ikkinchi o‘rinda bormoqda. Ularning azaliy raqobatchisi “Barselona” esa 64 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda.