“Real” “Milan” futbolchisiga 120 million yevro taklif qildi

Sport 2271
image

“Milan” futbolchisi Rafael Leao jamoni tark etib, faoliyatini “Real Madrid”da davom ettirishi mumkin. Bu haqda “La Gazzetta dello Sport” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “Real” portugaliyalik futbolchini sotib olishga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Madridliklar Italiya A seriyasining eng yaxshi futbolchisi uchun 120 million yevro taklif qilishga tayyor.

Hujumchining “Milan” bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Biroq “rossonerilar” Leao bilan o‘rtadagi bitimni 2026 yilgacha uzaytirmoqchi.

Qayd etilishicha, “Milan” rahbariyati Rafaelning tovon pulini 150 million yevro qilib belgilagan. “Real Madrid” rahbariyati milanliklar shartnomadagi ushbu bandni faollashtirmasligiga umid qilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, joriy mavsumda 22 yoshli futbolchi “Milan” safida, barcha musobaqalarda 42 o‘yinda maydonga tushib, 14 ta gol urdi va 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Transfermarkt” portali portugaliyalik iqtidor egasini 50 millon yevroga baholamoqda.

 

Ma’ruf Abdumalikov

.
Maqolaga baho bering
Baholaganlar: 16
Reyting: 3.3
t
×