“Real” Mbappega yangi talab qo‘ydi
Sport
−
17 yanvar 2024 6016 1 daqiqa
Madridning “Real” klubi PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni o‘z safiga qo‘shib olish uchun futbolchidan yozma kafolat talab qilmoqda. Bu haqda “L'Equipe” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, “qirollik klubi” shu yo‘l bilan 2022 yil voqealarining oldini olishga harakat qilmoqda, o‘shanda Mbappe transferi bo‘yicha faqat og‘zaki kelishuvga erishgan, biroq fransiyalik futbolchi yakunda PSJ bilan shartnomasini uzaytirgan. O‘yinchi ommaviy bayonot berishdan oldin “Real”ga o‘tish qarorini yozma ravishda tasdiqlashi kerak.
Mbappening parijliklar klubi bilan shartnomasi 2024 yilning iyunida yakuniga etadi. “Real” 25 yoshli hujumchini yozda erkin agent sifatida sotib olmoqchi. “Transfermarkt” fransuz futbolchisini 180 million yevroga baholamoqda.
Joriy mavsumda Mbappe 25 ta o‘yin o‘tkazib, 26 ta gol urdi va 4 ta golga assistentlik qildi.
Live
Barchasi“Boysun do‘ppisi” patentlandi
16 sentabr
Ronald Kumanning ayoli 65 yoshida vafot etdi
16 sentabr