“Real” Mbappe uchun rekord miqdorda mablag‘ sarflamoqchi

Sport

image

PSJ klubining 22 yoshli hujumchisi Kilian Mbappe joriy yozgi transfer oynasi tugagunga qadar boshqa jamoaga o‘tishi mumkin. Bu haqda “L’Equipe” nashri xabar tarqatdi.

Manbaga ko‘ra, ayni damda “Real Madrid” rahbariyati faqatgina ushbu transfer imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Hozirda ikki omil “qirollik klubi” foydasiga ishlashm mumkin. Mbappening PSJ bilan amaldagi shartnomasi yakunlanmoqda va Lionel Messi bilan shartnoma imzolanganidan so‘ng, Parij klubi ish haqi balansini muvozanatga keltirish uchun kimnidir sotishi kerak.

Xarajatlarning kamligi, Martin Edegor va Mariano Diasni sotish ehtimoli “Real”ga Mbappe uchun tahminan 150 million yevro taklif qilishga imkon beradi. Agar transfer bu yil amalga oshsa, jamoa tarixidagi eng qimmat kelishuvga aylanadi. Madrid klubi Kilianni kelajak loyihasining asosiy yulduzlaridan biri sifatida ko‘rmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Fransiya chempionatining o‘tgan mavsumida Kilian Mbappe 31 o‘yinda maydonga tushib, 27 gol urgan va 7 golli uzatmani amalga oshirgan. Fransiya terma jamoasi bilan Yevropa chempionatida nimchorak finalga qadar yetib bordi.


Maqola muallifi

Teglar

Kilian Mbappe PSJ Real Madrid Karlo Anchelotti

Baholaganlar

301

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing