“Real” Mbappe transferi bo‘yicha oldinga siljidi

Sport

image

“Real” PSJ hujumchisi Kilian Mbappening vakillari bilan shaxsiy kelishuvga erishdi. Bu haqda “Sports Zone” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, nihoyat tomonlar kelishuvni tasdiqlashdan avval Mbappe PSJning taklifini eshitmoqchi.

Parij jamoasi Mbappeni klubda saqlab qolmoqchi va unga 4 yil uchun 400 million yevrolik shartnoma taklif qilmoqda.

Mbappe 2018 yildan beri PSJni himoya qilib kelmoqda. Hujumchining klub bilan shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi. Ayni damda fransiyalik hujumchining transfer qiymati 180 million yevroga baholanmoqda.

Joriy mavsumda Mbappe barcha turnirlarda 26 ta o‘yinda qatnashib, 28 ta gol urdi va 6 ta golli uzatmani amalga oshirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Kilian Mbappe PSJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing