“Real” Mbappe bilan shartnomaning yakuniy shartlarini kelishib olyapti

Sport

image

PSJ va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe faoliyatini “Real”da davom ettirishi aniq bo‘ldi. Bu haqda futbol jurnalisti Fabritsio Romano o‘z sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, hozirda forvard “Real” bilan 2024 yil 1 iyuldan kuchga kiradigan bo‘lajak shartnomaning yakuniy shartlarini kelishib olyapti. Futbolchi vinger Vinisius Junior va yarim himoyachi Jud Bellingem bilan bir xil maosh oladi.

Qayd etilishicha, futbolchining imij huquqlari o‘zida qoladi. 

Mbappe 2017 yildan beri PSJda o‘ynab kelmoqda. 25 yoshli futbolchi parijliklar bilan 13 ta sovrin yutgan. Joriy mavsumda forvard barcha turnirlarda 31 ta o‘yin o‘tkazib, 32 ta gol va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi. Futbolchining fransuz klubi bilan shartnomasi shu yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. “Transfermarkt” internet portaliga ko‘ra futbolchining taxminiy narxi 180 million yevroni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Real qachon Mbappe transferini rasman e’lon qilishi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Kilian Mbappe PSJ

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing