“Real Madrid” Rodri transferi bo‘yicha muzokaralarni vaqtincha to‘xtatdi

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi “Manchester Siti” klubi yarim himoyachisi Rodri transferi bo‘yicha muzokaralarni vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, buning asosiy sababi klubning boshqa transfer masalalariga e’tibor qaratayotgani, xususan, “RB Leypsig” hujumchisi Yan Diomande transferini yakunlashga ustuvor ahamiyat berayotganidir.

Xabar qilinishicha, Kot-d’Ivuar terma jamoasi futbolchisi bilan besh yillik shartnoma bo‘yicha kelishuvga erishilgan. Klub transferni imkon qadar tezroq rasmiylashtirishni rejalashtirmoqda.

Diomande bo‘yicha kelishuv hafta boshidayoq yakunlanishi kutilgan edi. Biroq klublar o‘rtasidagi ayrim kelishmovchiliklar tufayli jarayon kechikdi. Shu sababli rejalashtirilgan Rodri transferi bo‘yicha muzokaralar ortga surildi. Shunga qaramay, “Real Madrid”ning Rodrini o‘z safiga qo‘shib olish rejasi o‘zgarishsiz qolmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real Madrid” jamoasi “Manchester Siti” klubi yarim himoyachisi Rodrining transferi bo‘yicha 50–60 million yevrolik ilk rasmiy taklifini tayyorlayotgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing