“Real Madrid” prezidenti koronavirusga chalindi
Sport
−
02 fevral 2021
3029Ispaniyaning “Real Madrid” futbol klubi prezidenti Florentino Peres tomonidan o‘tkazilgan koronavirus testi ijobiy natija bergan. Bu haqda jamoaning rasmiy sayti xabar tarqatdi.
Qayd etilishicha, klub prezidenti vaqti-vaqti bilan tekshiruvdan o‘tkazilgan. Ilgari test natijalari salbiy bo‘lgan, ammo so‘nggi tadqiqotlar davomida shifokorlar undan koronavirus infeksiyasini aniqlagan. Shuningdek, 73 yoshli Peresning kasalligi asemptomatik ekani xabar qilingan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyi ikkinchi yarmida ushbu kasallik Real Madrid” murabbiylar shtabida ham aniqlangandi. Ispaniya jamoasining fransiyalik murabbiyi Zinedin Zidanning koronavirus testi ham ijobiy natija bergandi.
LiveBarchasi