“Real Madrid”ning yana bir sobiq prezidenti koronavirus yuqtirib oldi
Sport
−
24 mart 2020
5999Koronavirus pandemiyasi xavfli tus olayotgan bir paytda Madridning "Real" klubi sobiq Prezidenti Fernando Martin COVID-19 infeksiyasini aniqlovchi test topshirdi, deya xabar bedi "Marca" nashri.
Manbaning ma’lum qilishicha, test natijalaiga ko‘ra, 72 yoshli Martin koronavirus yuqtirib olgani aniqlandi va u karantinga olindi.
Ma’lumot o‘rnida, Fernando Martin 2006 yili Florentino Peresning iste’fosidan so‘ng "Real Madrid" Prezidenti lavozimida bor yo‘g‘i 2 oy ishlagan. Shundan keyin Ramon Kalderon "Qirollik klubi" Prezidenti etib saylangan.
Avvalroq, "Real Madrid" sobiq prezidenti Lorenso Sans koronavirus yuqtirib olib, 76 yoshida ushbu kasallik sabab vafot etgani haqida xabar bergan edik.
Ma’lumot uchun, ayni damda dunyoda koronavirus yuqtirib olgan insonlar soni 392 336 nafarni tashkil etyapti. 17 147 odam ushbu kasallik qurboni bo‘ldi. 103 393 nafardan ziyod insonlar koronavirusdan butkul sog‘ayib ketgan.
LiveBarchasi