“Real Madrid”ning asosiy tarkib futbolchisi jarohat oldi

Sport

image

“Real Madrid” fransiyalik yarim himoyachisi Aurelien Tchouameni jarohati sabab jamoasining navbatdagi uchrashuvlarida maydonga tusholmaydi. Futbolchining tiklanish muddati davolanish jarayoniga bog‘liq. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Klub rasmiylarining ma’lum qilishicha, Tchouameni chap oyog‘ining yarim tendinoz mushaklaridan jarohat olgan. Uning tiklanishi klub tibbiyot xizmati tomonidan nazorat qilinadi.

Shu sababli, Tchouameni “Real Madrid”ni  “Rayo Valekano”ga qarshi o‘yinda maydonga tusha olmaydi va Fransiya terma jamoasi xalqaro tanaffus paytidagi yig‘ini o‘tkazib yuboradi. Tchouameni FIFA kunlaridan keyingi qaytishi kutilmoqda, ammo aniq sanasi hozircha noma’lum. Klub rasmiy ravishda fransiyalik futbolchining qaytish sanasini e’lon qilmagan bo‘lsa-da, mahalliy OAV ma’lumotlariga ko‘ra futbolchi 3 haftaga safdan chiqqan.

Ma’lumot uchun, Tchouameni joriy mavsumda “Real Madrid” safida 15 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Madridning “Real” klubi sardori Dani Karvaxal o‘ng tizzasidagi jarohati sababli artroskopik jarrohlik amaliyotini o‘tkazishi haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

jarohat “Real Madrid” Aurelien Tchouameni

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing