“Real Madrid” Meksika klubini mag‘lub qilolmadi

Sport

image

Kecha, 26 iyul kuni San-Fransiskodagi (AQSH) “Orakl Park” stadionida Ispaniyaning “Real Madrid” klubi Meksikaning “Amerika” jamoasi bilan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Bahs 2:2 hisobidagi durrang bilan yakunlandi.

Kutilmaganda hisob meksikalik futbolchilar tomonidan ochildi. Uchrashuvning 5-daqiqasida Enri Martin Migel Layun tomonidan uzatilgan to‘pni Andrey Lunin qo‘riqlayotgan darvozaga joylab qo‘ydi.

Qayd etish joizki, hisobda ortda qola boshlagach, hujumga zo‘r berdi va 22-daqiqada Marko Asensioning uzatmasidan so‘ng fransiyalik hujumchi Karim Benzema hisobni tenglashtirdi. Tomonlar qanchalik harakat qilmasin birinchi bo‘limda boshqa hisob o‘zgarmadi.

Ikkinchi taym Madrid klubining tashabbusi ostida boshlandi. “Qirollik” klubi futbolchilari 55-daqiqaga kelib, hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi. Meksikaliklar darvozasiga belgilangan penaltidan Eden Azar unumli foydalandi. Shundan so‘ng, uchrashuvdagi voqealar rivojini “Real Madrid” nazorat qildi. Ammo baribir, yakuniy hisob “Amerika” futbolchilari tomonidan o‘rnatildi. Ya’ni, 82-daqiqada Alvaro Fidalgo oradagi farqni tikladi. Shu tariqa, “Real Madrid” o‘rtoqlik uchrashuvida bo‘lsa-da, o‘zidan kutilmagan natijani qayd etdi.

Ma’lumot uchun, Amerikadagi yig‘in doirasida “Real Madrid” “Barselona” bilan ham o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushib, 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Eden Azar Karim Benzema “Barselona” “Real Madrid”

Baholaganlar

35

Reyting

3.3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing