“Real Madrid” Mbappeni tarixdagi eng katta narxga sotib oldi – OAV

Sport

image

“Real Madrid” klubi “PSJ” hujumchisi Killian Mbappeni 224 million yevro evaziga sotib oldi. Bu haqda jurnalist Xesus Karles Martines Fransua Galyardoga tayanib, xabar berdi

Qayd etilishicha, tomonlar allaqachon kelishuvga erishgan. Unga ko‘ra, Madrid klubi fransiyalik futbolchining transferi uchun 224 million yevro to‘laydi. Shuningdek, “qaymoqranglilar” yana 56 millionni bonuslar uchun sarflashi belgilangan. Bu futbol tarixidagi eng yirik transfer hisoblanadi. Shartnoma qancha muddatga imzolangani ma’lum emas. 

Ushbu xabar ikki klub matbuot xizmatlari tomonidan hozircha rasman tasdiqlanmagan. 

Ma’lumot uchun, Mbappening Parij klubi bilan shartnomasi 2024 yilning yoziga qadar amal qiladi. 24 yoshli futbolchi o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarda 43 o‘yinda 41 ta gol urib, 10 ta golga hammualliflik qilgan. “Transfermarket” portali uni 180 million yevroga baholagan.


Maqola muallifi

Teglar

Mbappe “Real Madrid”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing