“Real Madrid” kot-d’Ivuarlik futbolchining transferini yakunladi

Sport

image

Germaniyaning “RB Leypsig” klubi yarim himoyachisi Yan Diomande “Real Madrid”ning yangi futbolchisiga aylanadi. Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, kecha, 26 iyul kuni “RB Leypsig” va “Real Madrid” o‘rtasida kot-d’Ivuarlik qanot futbolchisining transferi bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishilgan. Bitim qiymati 100 million yevrodan oshadi. Diomande shu hafta tibbiy ko‘rikdan o‘tish va 2031 yil iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekish uchun Madridga yo‘l oladi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsumda 20 yoshli futbolchi barcha musobaqalarda 36 ta uchrashuvda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

“Transfermarkt” ma’lumotlariga ko‘ra, Yan Diomandening bozor qiymati 90 million yevroni tashkil etadi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing