“Real Madrid” Qozog‘istonga keladi

Sport

image

Bugun, 28 avgust kuni 2025-2026 yilgi UEFA Chempionlar ligasi doirasida qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi va unda Qozog‘istonning “Qayrat” jamoasi o‘z maydonida Madridning “Real” jamoasiga qarshi to‘p surishi ma’lum bo‘ldi. 

2025-2026 yilgi mavsumda 36 ta klub ishtirok etmoqda va ular to‘rt savatga bo‘lingan. “Qayrat” tajribasi va reyting ochkolari yetarli bo‘lmagani sababli to‘rtinchi savatga tushgan. 

Qur’a natijalariga ko‘ra, Qozog‘iston chempioni “Real”ni Olmaotadagi o‘z maydonida kutib oladi. Shu bilan birgalikda, jamoa “Inter” klubiga qarshi o‘ynaydi. Ushbu uchrashuv Italiyada, ya’ni safarda bo‘lib o‘tadi. Safarda yana jamoa Angliyaning grand klublaridan biri – Londonning “Arsenal”i bilan to‘qnash keladi.

Umumiy bosqich o‘yinlari quyidagi sanalarda bo‘lib o‘tadi:

  • 1-tur – 16–18 sentyabr 2025;
  • 2-tur – 30 sentyabr-1 oktyabr 2025;
  • 3-tur – 21–22 oktyabr 2025;
  • 4-tur – 4–5 noyabr 2025;
  • 5-tur – 25–26 noyabr 2025;
  • 6-tur – 9–10 dekabr 2025;
  • 7-tur – 20–21 yanvar 2026;
  • 8-tur – 28 yanvar 2026.

Qur’a tashlash marosimining umumiy natijalari:


Maqola muallifi

Teglar

Qozog'iston Real Madrid UEFA

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing