“Real Madrid” futbolchisi jiddiy jarohat oldi
Sport
−
09 dekabr 1066 1 daqiqa
Madridning “Real” klubi markaziy himoyachisi Eder Militaoning son suyagi yorilib ketdi. Shu sababli futbolchi jamoasiga navbatdagi uchrashuvlarini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
“Tekshiruvlardan so‘ng Militaoga chap oyog‘ining ikki bosh suyagi mushagining yorilishi, proksimal paylar shikastlanishi tashxisi qo‘yildi. Futbolchining sog‘ayish jarayoni klub nazorat ostida bo‘ladi”, deyiladi klub xabarida.
Kecha, 8 dekabrga o‘tar kechasi 27 yoshli braziliyalik futbolchi La Liganing 15-turi doirasidagi “Selta”ga qarshi uy uchrashuvida (0:2) mehmonlar hujumchisi Pablo Duranning uzoq uzatmasini to‘xtatmoqchi bo‘lganida jarohat oldi. Militao o‘yinning 24-daqiqasida almashtirildi va maydonni shifokorlar yordamida tark etdi.
Jurnalist Arancha Rodrigesning so‘zlariga ko‘ra, Militaoning tiklanishi taxminan to‘rt oy davom etadi. Himoyachi 2026 yilning aprel oyida maydonga qaytishi kutilmoqda. Bu jarohat Militaoning so‘nggi ikki yarim yil ichida uchinchi jiddiy jarohati hisoblanadi.
Militao joriy mavsumda “Real Madrid” safida barcha turnirlarda 17 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Eslatib o‘tamiz, “Real Madrid”ning La Liga doirasida “Atletik Bilbao”ga (0:3) qarshi o‘yinidan so‘ng himoyachi Trent Aleksander-Arnold ham jarohat olgandi.
Live
Barchasi