“Real Madrid” futbolchisi diskvalifikatsiya qilindi
Sport
−
05 mart 1333 1 daqiqa
Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi yarim himoyachisi Franko Mastantuono ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi. Bu haqda “Mundo Deportivo” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, futbolchi La Liga 26-turi doirasida “Xetafe”ga qarshi o‘yinda (0:1) hakamga aytgan so‘zlari sabab ikki o‘yinga diskvalifikatsiya qilingan.
18 yoshli argentinalik futbolchi uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida maydondan chetlatilgan. Ispaniya futbol federatsiyasi intizom qo‘mitasi matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, bosh hakam Alexandro Munis Ruisga nisbatan norozilik bildirganidan so‘ng to‘g‘ridan to‘g‘ri qizil kartochka ko‘rsatgan.
Rasmiy bayonotda aytilishicha, futbolchining maydondan chetlatilishiga sabab uning hakamga qarata aytgan: “Qanday sharmandalik, qanday sharmandalik”, degan so‘zlari bo‘lgan.
Shuningdek, “Real Madrid” himoyachilari Din Xyoysen va Alvaro Karreras ham jazolangan. Ular sariq kartochkalari yig‘ilib qolganligi sabab bitta o‘yinga diskvalifikatsiya qilingan. Shuning uchun uchala futbolchi ham ertaga, 6 mart kuni “Selta”ga qarshi safar o‘yinini o‘tkazib yuboradi. Franko Mastantuono shuningdek, 14 mart kuni “Elche”ga qarshi o‘yinda ham maydonga tusha olmaydi.
Ma’lumot uchun, La Liga joriy mavsumida Mastantuono 16 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan.