“Real Madrid” FIFA'dan norozi bo‘ldi

Sport

image
0:00
0:00
download

“Real Madrid” rahbarlari Yevropa Chempionlar ligasi, La Liga, Yevropa Superkubogi va Ispaniya chempionatidagi g‘alabalarga qaramay, jamoa futbolchilari e’tibordan chetda qolayotganidan norozi. Bu haqda AS nashri xabar berdi.

To‘rt oy oldin Karim Benzema “Oltin to‘p”ni, Tibo Kurtua esa Lev Yashin mukofotini qo‘lga kiritgan bo‘lsada, klub vakillari futbolchilar FIFA mukofotlarini olmaganidan hayratda.

Shuningdek, FIFA talqiniga ko‘ra yil ramziy jamoasidan Vinisius Juniorning o‘rin olmaganligi “qirollik klubi” rahbariyatini xafa qildi.

Ma’lumot o‘rnida, “The Best” individual sovrinlari uchun terma jamoalar murabbiylari, sardorlar, jurnalist va muxlislar ovoz beradi, yil terma jamoasi esa faqat futbolchilarning ovozi bilan tanlanadi.

Eslatib o‘tamiz, 28 fevral kuni FIFA'ning 2022 yil bo‘yicha taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Eng yaxshi futbolchi uchun sovrinni argentinalik PSJ futbolchisi Lionel Messi qo‘lga kiritdi. Argentina terma jamoasining boshqa vakillari ham mukofotlarga sazovor bo‘ldi – Emiliano Martines yilning eng yaxshi darvozaboni, Lionel Skaloni esa eng yaxshi murabbiy deb topildi.


Maqola muallifi

Teglar

FIFA “Real Madrid”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing