“Real Madrid” “Elche”ni mag‘lub etdi

Sport

image

Kecha, 15 sentyabr kuni “Real Madrid” Ispaniya La Ligasining 6-turidan o‘rin olgan safardagi uchrashuvda “Elche”ni 3:2 hisobida mag‘lub etdi.

Uchrashuvning 15-daqiqasida “Elche” futbolchisi Matias Dituro o‘z darvozasiga gol urib qo‘ydi. “Real Madrid” safida Kilian Mbappe 40-daqiqada gol urgan bo‘lsa, Karlos Espi 90+1-daqiqada jamoasining uchinchi golini kiritdi. “Elche”ning gollariga esa Abiel Osorio 71-daqiqada va Fer Nino 83-daqiqada mualliflik qildi.

Ushbu g‘alabadan so‘ng “Real Madrid” 15 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. “Barselona” ham 15 ochkoga ega. Biroq kataloniyaliklar 6-tur o‘yinini bugun, 16 sentyabr kuni “Rasing”ga qarshi o‘tkazadi.

Ma’lumot uchun, “Elche” joriy chempionatda hali g‘alaba qozona olmadi. Jamoa 2 ochko bilan 20-o‘rinda bormoqda.Keyingi turda “Real Madrid” joriy yilning 20 sentyabr kuni safarda “Atletiko Madrid” bilan o‘ynaydi. “Elche” esa 18 sentyabr kuni mehmonda “Espanol”ga qarshi bahs olib boradi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing