“Real Madrid” daromad rekordini o‘rnatdi

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi o‘tgan mavsumda 1,221 milliard yevrodan (taxminan 1,389 milliard AQSH dollari) ortiq daromad qilib, barcha sport klublari orasida yangi moliyaviy rekord o‘rnatdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, 2024-2025 yilgi mavsumda “Real Madrid”ning umumiy daromadi 1,265 milliard AQSH dollarini tashkil etgan.

“Forbes” ma’lumotlariga ko‘ra, bu barcha sport turlari bo‘yicha klublar o‘rtasida qayd etilgan eng yuqori yillik daromad hisoblanadi. Shu tariqa, Madrid klubi 2024 yilda 1,23 milliard dollar daromad qayd etgan NFL vakili “Dallas Kovboys”ni ortda qoldirdi.

Sport natijalariga kelsak, “Real Madrid” o‘tgan mavsumni sovrinsiz yakunladi. Jamoas Ispaniya chempionatini ikkinchi o‘rinni egalladi. Shuningdek, jamoa Chempionlar ligasida chorak finalgacha yetib bordi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing