“Real Madrid” bosh murabbiyligiga asosiy nomzod nomi ma’lum bo‘ldi
Sport
−
05 May 3844 1 daqiqa
“Aston villa” jamoasi ustozi Unai Emeri “Real Madrid” bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzodlardan biri sifatida ko‘rib chiqilmoqda. Bu haqda “talkSPORT” xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Madrid klubi kelasi mavsum oldidan yangi murabbiy izlashda davom etmoqda. Amaldagi bosh murabbiy Alvaro Arbeloa mavsum yakunida jamoani tark etishi mumkin. Nomzodlar qatorida, shuningdek, Massimiliano Allegri, Joze Mourino va Yurgen Klopp ham bor.
Emeri ayni paytda “Aston Villa”ni boshqarib, muvaffaqiyatli natijalar qayd etmoqda. Uning qo‘l ostida jamoa Angliya Premer-ligasida beshinchi o‘rinda bormoqda va hozirda Chempionlar ligasi yo‘llanmasi uchun kurashni davom ettirmoqda.
2029 yilgacha amal qiladigan shartnomasiga qaramay, ispaniyalik mutaxassis yozgi transfer oynasida klubini o‘zgartirish variantini ko‘rib chiqishi mumkin.
Live
BarchasiOhangaronda o‘qituvchi o‘quvchini kaltakladi
22 Oktyabr
Avstraliyada kuchli yomg‘ir yog‘di
22 Oktyabr
Gretsiyada ham talabalar namoyish boshladi
22 Oktyabr