“Real” Kurtuaga Turkiyadan o‘rinbosar topdi

Sport

image

Madridning “Real” klubi uzoq muddatda Tibo Kurtuaning o‘rnini bosa oladigan darvozabon qidirmoqda. Andrey Luninning shartnomasi bilan bog‘liq vaziyatni inobatga olgan madridliklar e’tiborini Turkiya Superligasi va “Trabzonspor” darvozaboni Onuralp Chevikkanga qaratdi. Bu haqda “Planeta Real Madrid” xabar berdi.

Joriy mavsumda “Real Madrid”da asosiy darvozabon vazifasini Andrey Lunin va Kepa Arrizabalaga bo‘lishib turibdi, Tibo Kurtua esa jarohatlar tufayli maydonga tushmayapti, biroq aynan belgiyalik darvozabon Madrid klubining keyingi mavsumlar uchun asosiy nomzodi bo‘lib qolmoqda.

Manbaga ko‘ra, ispan grandi Kurtuaning yoshini inobatga olib, Tibo uchun uzoq muddatga o‘rinbosar qidirmoqda. Luninning shartnomasi 2025 yilning yozida tugaydi. Shu bilan birga, Kepa klubda qolish imkoniyatiga ega emas va yozda u 2023 yilning avgustida u “Chelsi”ga qaytadi.

“Real Madrid” o‘z e’tiborini “Trabzonspor”ning 18 yoshli darvozaboni Chevikkanga qaratdi.

“U turk klubining olmosiga aylanib, istiqbolli futbolchiga aylanadi”, deyiladi manba xabarida.

Qayd etilishicha, madridliklar uni qo‘lga kiritish uchun harakatlarni boshlab yuborgan. Chevikkan transferi tarkibni muvaffaqiyatli yoshartirish yo‘lidagi yana bir qadam sifatida ko‘rilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Real Tibo Kurtua Onuralp Chevikkan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made