“Real” Kroosga “Man Siti”dan o‘rinbosar topdi

Sport

image

“Manchester Siti” yarim himoyachisi Rodri kelajakda “Real” futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda AS xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, transferga klub rahbariyati ham, “qaymoqranglilar” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti ham katta qiziqish bildirmoqda.

Qiziqishning ortishi yarim himoyachi Toni Kroosning ketishi bilan bog‘liq. “Real Madrid” hozirda nemis futbolchisiga o‘rinbosar qidirmoqda. Uning ketishi jamoa o‘yiniga katta ta’sir qiladi.

Rodrining “Manchester Siti” bilan shartnomasi 2027 yilgacha mo‘ljallangan. “Real Madrid” Rodrini transferga majburlamoqchi emas va “Man Siti” bilan muzokaralarni boshlashdan oldin joriy mavsum oxirigacha kutishni rejalashtirmoqda.

“Shaharliklar” bosh murabbiyi Pep Gvardiola yil oxirigacha klubni tark etishi mumkin, bu esa Rodrining “Real” bilan shartnoma imzolash imkoniyatini oshiradi.


Maqola muallifi

Teglar

Real Manchester Siti Kroos Rodri

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made