“Real” klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida g‘olib bo‘ldi
Sport
−
12 fevral 2023
5107Marokash mezbonlik qilgan futbol bo‘yicha klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati final bahsida Ispaniyaning “Real” klubi Saudiya Arabistonining “s” jamoasi bilan kuch sinashdi.
Angliyalik Entoni Teylor boshqarib borgan bahsda umumiy 8 ta gol kiritildi.
Madridliklar uchrashuvning 13-daqiqasida Vinisiusning goli evaziga hisobda oldinga chiqib oldi. Oradan 5 daqiqa o‘tib “qaymoqranglilar” o‘z ustunligini mustahkamladi – gol Federiko Valverde tomonidan kiritildi. 26-daqiqada “Al-Hilol” hisobdagi farqni qisqartira oldi – golga Mussa Marega mualliflik qildi.
54-daqiqada Vinisiusning uzatmasidan so‘ng Karim Benzema raqib darvozasini ishg‘ol qildi. Oradan 4 daqiqa o‘tib “Real Madrid” Federiko Valverde tomonidan kiritilgan goldan so‘ng hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi. 63-daqiqada Lusiano Vetto hisobdagi farqni ikkitaga qisqartirdi, oradan olti daqiqa o‘tib “Real” a’zosi Vinisius dubl qayd etdi. 79-daqiqada Lusiano Vetto ham dublga erishdi.
Qolgan daqiqalar davomida tablodagi hisob o‘zgarmadi. Madridning “Real” klubi 5:3 hisobida g‘alaba qozonib, klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati g‘olibiga aylandi.
Chempionat yakunlariga ko‘ra, “Real” futbolchisi Vinisius Junior turnirning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Feyr-pley mukofitini ham ispan klubi qo‘lga kiritdi.
Ma’lumot uchun, “qirollik klubi” o‘z tarixida 5 marta mazkur sovringa ega chiqdi. “Real” futbol tarixida ushbu sovrinni eng ko‘p yutgan jamoa hisoblanadi.
LiveBarchasi