“Real” Kazemironi “Yunayted”ga qanchaga sotishga tayyorligi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” klubi  yarim himoyachisi Karlos Kazemiro faoliyatini Angliyaning “Manchester Yunayted” jamoasida davom etirishi mumikin. Bu haqda “El Confidencial” nashri yozmoqda.

Manbaning qayd etishicha, Kasemiro Madridda qadrlanadi, biroq “Manchester Yunayted” 70 million yevro taklif qilsa, klub muzokaralar stoliga o‘tirishga tayyor.

Ta’kidlash kerakki, “Real Madrid” rahbariyati kelasi yil fevralda 31 yoshga to‘ladigan braziliyalik himoyachining yoshini, shuningdek, yozda klub “Monako”ning yosh himoyachisi Aureliyen Tchuamenini uchun 80+20 million yevro sarflaganini hisobga oladi. Yuqoridagi ikki sabab tufayli “los blankos” Kazemironi transfer bozoriga olib chiqishi mumkin.

“Qizil iblislar” 31 yoshli futbolchining transferini strategik jihatdan muhim deb hisoblaydi. “Yunayted” ispan klubida yiliga 7 million yevro maosh oladigan Kazemironing ish haqini ikki barobar oshirishga tayyor.

Ma’lumot uchun, “Real Madrid” Kazemironi 2013 yilda Braziliyaning “San Paulo” klubidan 4,5 million yevro evaziga sotib olgan. U “Real” bilan birgalikda Yevropa Chempionlar ligasida 5 marta zafar quchgan. Shuningdek, 30 yoshli futbolchi “los blankos” safida 3 marta Ispaniya chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritgan. “Transfermarkt” portali braziliyalik iqtidor egasini 40 million yevroga baholamoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Kazemiro “Real Madrid”

Baholaganlar

32

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing