“Real” Kazemiroga o‘rinbosar topdi

Sport

image

Angliyaning “Lester Siti” klubi yarim himoyachisi Uilfred Ndidi faoliyatini Ispaniyada davom ettirishi mumkin. “Real Madrid” 24 yoshli nigeriyalik futbolchining xizmatlariga qiziqish bildirmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, “qaymoqranglilar” Ndidini jamoaning asosiy yarim himoyachisi Kazemiroga o‘rinbosar sifatida ko‘rmoqda.

Nigeriyalik yarim himoyachi 2017 yilda “Lester”ga Belgiyaning “Genk” klubidan 17,6 million yevro evaziga transfer qilingan. Futbolchining klub bilan shartnomasi 2024 yilning 30 iyuniga qadar tuzilgan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, futbolchining narxi 60 million yevroga baholangan.

Ma’lumot uchun, Angliya Premer ligasining joriy mavsumida Uilfred Ndidi 11 ta o‘yinda maydonga tushgan, biroq golda ishtirok etmagan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Real Lester Kazemiro Ndidi

Baholaganlar

20

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing